Harbiy xizmat xavfsizligini ta’minlash — eng ustuvor vazifa

0
1513

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida keyingi vaqtlarda shaxsiy tarkib xavfsizligini taʻminlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolarini yongʻin xavfsizligi, xizmat qilayotgan joylari va turar joylarini yongʻinlardan himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda yongʻinlar profilaktikasi va yongʻinga qarshi targʻibot ishlari Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligini saqlash borasidagi eng muhim yoʻnalishidan biriga aylangan.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida “Yongʻin xavfsizligini taʻminlashni tashkil etish” hamda “2022-2023-yil kuz-qish mavsumini birgalikda talafotlarsiz oʻtkazaylik!” mavzusida onlayn videokonferensiya tarzda yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Mudofaa vazirligi yongʻin xavfsizligi xizmati hamda davlat texnika nazorati va texnika xavfsizligi boʻlimi mutaxassislari, shuningdek, harbiy qismlarning ushbu yoʻnalishlarda javobgar va mansabdor shaxslari ham ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar, mamlakatimizda yongʻin xavfsizligini taʻminlash borasida amalga oshirilayotgan islohatlar va yangiliklar haqida alohida toʻxtalib, xususan, Mudofaa vazirligi tizimida ham bir qator ijobiy, amaliy ishlar bajarilgani haqida maʻlumotlar berdi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchilarda yongʻin xavfsizligini taʻminlashni tashkil etish toʻgʻrisida umumiy tushunchasi va bilimlar hosil boʻlib, uni amalda qoʻllash boʻyicha uslubiy yoʻnalishlarni belgilab oldi.

Tashrif buyurgan hamda soʻzga chiqqan soha yoʻnalishi mutaxassislariga qoʻmondonlik tomonidan minnaddorchilik va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti