Konimexda yoshlar festivali oʻtkazildi

0
670

Navoiy viloyatining Konimex tumani “Boymurot” mahallasida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida beshta muhim tashabbusi asosida yoshlar festivali oʻtkazildi.

Festival doirasida aholi va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida ishtirok etuvchilar oʼrtasida hunarmandchilik, rassomchilik, sheʼriyat va kitobxonlik tanlovlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi. Bundan tashqari, aholi va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy xizmatchilarning harbiy texnika va qurol-aslahalari koʼrgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. 

Festivalning badiiy qismida esa harbiy orkestri jamoasi hamda viloyatning taniqli sanʼatkorlari Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qoʼshiqlari bilan barchaning koʼngliga bayramona kayfiyat ulashdi.

Harbiy xizmatchilarning qoʼl jangi boʼyicha koʼrgazmali chiqishlari, yigʼilganlar uchun alohida zavq ulashgan boʼlsa, yoshlarning turli millatlar va elatlarning milliy chiqishlari bilan yigʻilganlar qalbida bagʻrikenglik tushunchasini chuqurroq anglashlariga turtki berdi.

Yakunda tashkil etilgan musobaqalar va turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati