Ofitserlikning ilk kuni

0
3872

Bir guruh harbiy xizmatchilar bugun ofitserlikning ilk kunini oʻtkazmoqdalar. Ular bu lahzalarni necha yil kutgani esa oʻzlariga maʼlum. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtining Malaka oshirish fakultetini tamomlagan navbatdagi bitiruvchilarga leytenant harbiy unvoni topshirildi.

Tantanali tadbirda bitiruvchilarning oila aʼzolari, ota-onalari va yaqinlari ham ishtirok etib, ularga kelgusidagi ofitserlik faoliyatlarida omad tilab, oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

—Ushbu oliy harbiy taʼlim muassasasidagi tahsil davomida oʻzimning soha boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarimni mustahkamladim. Professor-oʻqituvchilar, malakali mutaxassislar bizga umumiy taktika, otish tayyorgarligi, harbiy aloqa, psixologiya, maʼnaviy-maʼrifiy mashgʻulotlar kabi bir qator yoʻnalishlardan saboq berdilar. Taʼlim maskanida oʻrganganlarimni kelgusi faoliyatimda tatbiq etishga astoydil harakat qilaman, – deydi leytenant Azizbek Muradov.

Navbatdagi harbiy unvonlarini qabul qilib olgan harbiy xizmatchilar bugunning oʻzida xizmat manzillariga kuzatildi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti