Keksalarni e’zozlash — xalqimizga xos ezgu fazilat

0
736

Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish, e’zozlash, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda yosh avlodni milliy qadryatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda nuroniylarimizning roli beqiyosdir.

O‘tayotgan haftada Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Keksalarni e’zozlash – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi”da Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Mudofaa vazirligi faxriylar bilan ishlash Markaziy kengashi ma’sul ofitserlari hamda Zangiota tumani ma’naviyat va marifat bo‘limi bilan hamkorlikda bir qancha tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, haftalik tadbirlar doirasida institut harbiy xizmatchilari tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi vakillari bilan Zangiota tumanida istiqomat qilayotgan nuroniylar holidan xabar olish, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish va e’zozlash, shuningdek, yosh avlodlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Keksa avlod vakillari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda ularning bosib o‘tgan hayot yo‘llari, chekkan zahmatlari hamda mashaqqatli umr yo‘li davomida Vatanga bo‘lgan muhabbat, el-yurtga xizmat qilish saodati qanchalik baxt ekanligi yosh avlodlarga namuna bo‘ldi.

Mayor Sherqo‘zi Hakimov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti