Sharqiy harbiy okrugda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
719

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona va Namangan garnizonidagi harbiy qismlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy qilish maqsadida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida yoshlarni jalb qilgan holda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda shahar va tumanlardagi umumtaʻlim maktablarining oʻquvchi yoshlari va faxriylar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni taʻlim olishlari, ularning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar e’tiborga molik. Davbir davomida shu haqda ham to‘xtatilib o‘tilib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan o‘z vaqtida oqilona foydalanish kerakligi uqtirildi.

Shuningdek, harbiy qismga tashrif davomida yoshlarga qurol-aslahalar va texnikalar koʻrgazmasi namoyish etildi. Tarixga oid barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan Jaloliddin Manguberdi hamda Amir Temur tematik sinfxonalari esa mehmonlar katta taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng, faxriylar, yoshlar hamda harbiy xizmatchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” ham oʻtkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatning mashaqqatlari, uning naqadar sharafli kasb ekani to‘g‘risida tushunchalar berilib, Vatan bosboni bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarning savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

 

 

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati