Harbiy qismda nuroniylar uchun konsert dasturi tashkil etildi

0
621

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muravvat, bagʻrikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulugʻ qadriyatlaridan biri Yoshi ulugʻ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning koʻp yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qimmatli maslahatlaridan bahramand boʻlish va duolarini olib yurishdir. 

“Keksalar haftaligi” doirasida Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tashabbusi bilan Tibbiy-ijtimoy xizmatlarni rivojlantirish agentligi “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati”da istiqomat qiladigan nuroniy-keksalarni koʻnglini koʻtarish va maʻnaviy hordiq olishlari uchun ekskursiya hamda konsert dasturi tashkillashtirildi.

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga uyushtirilgan ekskursiya nuroniylar qalbiga yanada koʻtarinkilik bahsh etdi. Maxsus avtobusdagi sayohat davomida bogʻdagi manument, mavjud favvoralar, tabiyat manzaralari haqida yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Kunning ikkinchi qismida “Chinobod” sanatoriyasining madaniyat saroyida keksa-nuroniylar uchun konsert dasturi tashkillashtirilib, “Isteʻdod” jamoasi tomonidan taqdim etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti