Samarqandda MDHga a’zo davlatlarining harbiy aloqa boshliqlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

0
1277

Kuni kecha Markaziy harbiy okrugining situasion markazida MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi qaroriga muvofiq Aloqa boshliqlari muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iz, Qozog‘iston hamda Tojikiston davlatlarining vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ishtirokchilar tomonidan bir qator muhim masalalar muhokama etildi. Jumladan, 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilinib, 2025-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ish rejalari belgilandi, shuningdek, aloqa bo‘yicha o‘tkazilishi zarur bo‘lgan tegishli mashg‘ulotlar rejalashtirildi.

Yig‘ilish so‘ngida MDHga a’zo davlatlar Qurolli Kuchlarining aloqa boshliqlari harbiy aloqa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va uni kengaytirib borish bo‘yicha memorandum imzolashdi. Kelishuvga ko‘ra 2025-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida bu boradagi ishlarni amalga oshirish va hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar Samarqand shahrining diqqatga sazovar va tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat qilishdi.

 Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati