Markaziy harbiy okrugda “Keksalar haftaligi” ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

0
739

Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning ko‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi maslahatlaridan bahramand bo‘lish va duolarini olib yurishdir. Zero, yurtimiz bo‘ylab keksalar haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar aynan ushbu ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etadi.

Hafta davomida Markaziy harbiy okrugining Samarqand hamda Navoiy garnizonlarida ham keksalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlov va xayriya kabi ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, Navoiy garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi va Faxriylar kengashi a’zolari, o‘quvchi yoshlar birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Tursun bobo Ergashev xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar olishdi.

Yo‘qlov avvalida otaxon mehmonlar bilan samimiy suhbatga kirishib, sovuq urush yillaridagi faoliyati, hayotiy tajribalari haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, yoshlarda urush faxriysining hayotiy hikoyalari katta taassurot uyg‘otdi. Harbiy orkestr jamoasi tomonidan kuylangan Vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari otoxonning yoshlik damlarini esga solgan bo‘lsa ajabmas.

Bu kabi tadbirlar Samarqand garnizonida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, garnizonda joylashgan harbiy qismga faxriylar kengashi a’zolari, “Nuroniylar jamiyati” vakillari taklif etildi. Mehmonlar harbiy qismdagi yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa “Amir Temur”, “Jaloliddin Manguberdi” tematik sinfxonalari faxriylarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda “Keksalar haftaligi” ko‘taringki ruhda davoi etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati