Yoshlar masalasiga bag’ishlangan seminar tashkil qilindi

0
645

Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy vatanparvarlik harakati rahbariyati tashabbusi bilan Prezidentimizning 2022-yil 2-martda imzolangan “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o’tkazildi.

Unda Sirdaryo viloyati muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari hamda Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi barcha Chaqiriqqa qadar boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari hamda “Vatan tayanchi” otryadi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich ta’lim o’qituvchilari hamda otryad rahbarlariga qaror yuzasidan tushunchalar berildi. Xususan, seminarda “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy vatanparvarlik harakati rahbari polkovnik Bahrom Zulfiqorov, rahbari yordamchisi Shamil Ummatov, Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarma boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Jovulboy Zulfaliev, Sirdaryo viloyat muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari seminar ishtirokchilari savollariga batafsil javob berdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti