Kursantlar oʻz ishining ustalaridan motivatsiya olishdi

0
821

Qurolli Kuchlar akademiyasida jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi tomonidan respublika miqyosidagi “Ertalabki badantarbiya va sport ishlarini tashkillashtirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida akademiya professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlar, Toshkent va Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qism va oliy harbiy taʼlim muassalarning jismoniy tayyorgarlik va sport mutaxassislari hamda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Ichki ishlar akademiyasi va koʻplab harbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Oʻzaro muloqotlarda oʻquv-tarbiyaviy va uslubiy jarayonlarni tashkillashtirish, tizimdagi professor-oʻqituvchilarning uslubiy mahoratini oshirish, ofitserlar tarkibini tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik fanini oʻqitishdagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi.

Ayniqsa, taniqli sportchilarning gʻalabaga erishishda bosib oʻtgan yoʻllari va hayotiy kechinmalari toʻgʻrsidagi jonli chiqishlar, sogʻlom turmush tarzini olib borishdagi muhim yondashuvlar yosh kursantlarga oʻziga xos motivatsiya ulashdi.

Davra suhbatining amaliy qismida mutaxassislarning aylana usulda bajariladigan majmuaviy mashqlari, “Qoʻl va pichoq jangi”, oʻzbek jang sanʼati sporti boʻyicha mahorat darslari namoyish etildi.

Katta leytenant Bobur Elmurodov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti