“Mardlik va jasorat” darslari oʻtkazildi

0
925

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining koʻrsatmasiga binoan okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasasalarga biriktirilgan Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlaridagi umumtaʼlim maktablarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt ravnaqi va tinchligi yoʻlida dahldorlik hissini oshirish maqsadida “Mardlik” va “Jasorat” darslari tashkil etildi.

Ushbu darslarni yuqori saviyada va taʼsirchan qilib oʻtkazish maqsadida harbiy qism komandirlari va muassasalarning boshliqlari maʼsul etib tayinlandi.

Unda komandirlar bugun milliy armiyamiz saflarida haqiqiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar hamda ofitser boʻlish maqsadida oliy harbiy taʼlim muassasasida saboq olayotgan kursantlar Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning samarasi, milliy armiyamizning tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashdagi roli va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi muhim ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Oʻtkazilgan jasorat darslari davomida Vatanimiz tinchligi yoʻlida jon fido etgan oʻgʻlonlar haqidagi hujjatli filimlar va harbiy xizmatchilarning Xalqaro armiya oʻyinlarida erishayotgan yutuqlari haqidagi videolavhalar namoyish etildi.

Tashkil etilgan oʻquv soatlari yakunida Ustoz va murabbiylarga bayram sovgʻlari hamda tashabbuskor yoshlarga badiiy adabiyotlar toʻplami topshirildi. Oʻtkazilgan har bir “Mardlik va jasorat” darslaridan soʻng, maktab oʻquvchilari uchun harbiy vatanparvarlik festivallari tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati