Harbiy taʼlim bergan ustozlar yodga olindi

0
658

Hech bir sohaga ustoz-shogird tushunchasi begona emas. Xususan, harbiy sohaga ham. Harbiy xizmatchi ustoz deganda ilk komandirini yodga olishi shubhasiz. Bugun Qurolli Kuchlar davlat muzeyida 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham shu haqda soʻz yuritildi.

Tadbirda faxriy harbiylar, harbiy xizmatchilar va Yashnobod tumanida joylashgan 153-son maktabi oʻquvchilari ishtirok etdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatida faxriy harbiylar armiyadagi xizmat davrlarini, ularga ilk harbiy taʼlim bergan ustozlarni yod etdi. Shundan soʻng nuroniylarga muzey rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli va Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar uchrashuvga kelganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbirdan soʻng ishtirokchilar Qurolli Kuchlar davlat muzeyi boʻylab ekskursiyaga taktif etildi.

Yulduz Oʻrmonova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti