Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro ilmiy koʻrik-tanlovi gʻolibi

0
895

Barcha sohalar singari Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida ham harbiy xizmatchilarning boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish hamda oʻz imkoniyatlarini namoyon qilish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

Yangi Oʻzbekistonni yanada gullab yashnashi va rivoji uchun ulkan hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi, bilimdon, izlanuvchan, shuningdek, innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash maqsadida “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi miqyosida tashkil etilgan “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro ilmiy koʻrik-tanlovi tashkil etilgan.

Joriy yilning 24-25-sentabr kunlari Samarqand viloyatida xalqaro koʻrik-tanlovning gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi shuki, Bekobod tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchisi, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi kichik serjant Farruh Abbosov ham mustaqil izlanuvchi sifatida qatnashib, g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi. U “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining ragʻbatlantiruvchi sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi harbiylari xalqaro miqyosida oʻtkazilgan yuqori darajadagi ilmiy koʻrik-tanlovlarining gʻolibi deb topilishi olib borilayotgan ijobiy islohotlarning mahsulidir.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti