Termizda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani xonasi foydalanishga topshirildi

0
737

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq kiritilgan boʻlib, harbiy taʼlimni oʻqitilishini majburiy davlat shakli hisoblanadi va yoshlarni Qurolli Kuchlar safidagi xizmatiga tayyorlash tizimining muhim qismini tashkil etadi.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 26-umumoʻrta taʼlim maktabiga JOQ harbiy xizmatchilari Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni harbiy kasblarga yoʻnaltirish maqsadida maktab yoshlari uchun ajartilgan oʻquv sinfini vatanparvarlik tarbiyasi boʻyicha koʻrgazmali targʻibot vositalari bilan bezatib foydalanishga topshirdi.

Sinf xonasida mashg‘ulotlar uchun qulay, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan uskunalar, oʻquv koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlangan bo‘lib, bu dars jarayonida nafaqat oʻquv, balki tarbiyaviy masalalarni yechishga yordam beradi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni