Navoiyda yoshlar o‘rtasida “Аmir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi oʼtkazildi

0
698

Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda garnizondagi kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy yetuk, jismonan sogʼlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida “Yangi Oʼzbekistonni biz himoya qilamiz” shiori ostida “Аmir Temur avlodlari” harbiy-sport musobaqasi boʼlib oʼtdi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar “AK-74” avtomatini qismlarga ajratish va yigʼish, turnikda tortinish, estafeta, ya’ni 100 va 300 metrga yugurish, pnevmatik quroldan oʼq otish, arqon tortish kabi shartlar boʼyicha bellashdi.

 

Murosasiz kechgan bahslarda 1-oʼrin Navoiy shahar jamoasiga nasib etgan boʼlsa, 2-oʼrinni Uchquduq tumani yoshlari egalladi. Uchinchi oʼringa esa Navbahor tumani yoshlaridan iborat jamoa loyiq deb topildi.

Yakunda gʼolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati