Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi

0
1044

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi tasarrufidagi qoʻshilma va harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, boʻlim va boʻlinma boshliqlari, harbiy psixologlar hamda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassislari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi.

Unda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻuloti, huquqbuzarlik profilaktikasi, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik tadbirlari, shuningdek, ruhiy zoʻriqishlarni yechish xonalaridan foydalanish, mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etildi.

Oʻquv yigʻinida Mudofaa vazirligi soha yoʻnalishi boʻyicha masʼul xodimlar, Toshkent davlat yuridik unversiteti professor oʻqituvchilari hamda Respublika harbiy prokuraturasi xodimlari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha maʼruza qilib, yigʻini ishtirokchilarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibni intizom buzilish holatini oldini olish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy jamoada jangovar ruhni shakllantirish hamda jamoani jipslashtirish boʻyicha amaliy tavsiya va yoʻriqnomalar berishdi.

Yigʻin yakunida ishtirokchilarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻuloti va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik yoʻnalishidagi amda taktik belgilarni chizish boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Soʻngra o‘tgan 9 oy mobaynida soha yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot maʼlumotlari tinglandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti