Markazda navbatdagi bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi

0
1097

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar”, “Yozuvchilar uyushmasi”, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, markazda serjantlarni, ya’ni kichik komandirlarni tayyorlashda zamon talablariga javob beradigan samarali tizimni yaratilgani, ular o‘z malakasiyu mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Markazni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga “Eng a’lochi mutaxassis” faxriy yorliqlari, sertifikat va ko‘krak nishonlari hamda bir guruhiga navbatdagi unvonlar berildi.

Shundan so‘ng, Markaziy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Samarqand viloyati Hamid Olimjon nomidagi drama teatrini sahna ko‘rnishlari, xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi namoyish etildi.

Kichik serjant Bahromjon Usmonov, markaz press-attashesi