Safarbarlik chaqiruvi rezervining ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati

0
803

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutining qoʻshinlarda ijodiy tadbirlar oʻtkazish rejasi doirasida ilmiy xodimlar tomonidan harbiy xizmatchilar bilan dolzarb mavzularda davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida institut ilmiy xodimi, isteʼfodagi polkovnik Abdurahim Mamadjanov tomonidan Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni ofitserlari bilan “Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni davlat xavfsizligi va mudofaasini taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida davra suhbati olib borildi. Ushbu tadbirda batalyon komandiri va uning oʻrinbosarlari, vzvod, guruh komandirlari hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlar qatnashdi.

Ijodiy uchrashuvda  safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat joriy etilishining asosiy sabablari va bundan koʻzlangan maqsadlar, safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarini tashkil topilishi, ularning asosiy vazifalari, ushbu xizmatning davlat harbiy xafsizligi, mudofaasini taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Ishtirokchilarga chaqiruv yoshiga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolariga umumiy harbiy majburiyatni bajarishi uchun teng huquq va sharoit yaratish; davlatning harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustaxkamlash maqsadida – kontrakt boʻyicha va muddatli harbiy xizmat turlari bilan bir qatorda, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtash tizimi joriy etilgani keng tushuntirilib oʻtildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti