Yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar — taraqqiyot kafolati

0
976

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida tizimli ravishda oʻquv amaliy seminarlar tashkil etish anʼanaga aylangan.

Shunday tadbirlarning amaliy davomi sifatida Fargʻona shahrida “Yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar — taraqqiyot kafolati” mavzusida uch kunlik oʻquv seminar oʻz ishini boshladi.

Seminarni bosh prokuror oʻrinbosari — respublika harbiy prokurori Shuhrat Uzoqov videokonferensiya orqali ochib berdi.

Oʻquv-amaliy seminarga Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalarining malakali xodimlari, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi ofitserlari, turli yoʻnalishlar boʻyicha kriminalist ekspertlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishi hamda maʼnaviy-tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, oʻquv-amaliy mashgʻulotlar soʻnggida yosh mutaxassislardan ogʻzaki sinov qabul qilish, harbiy va jangovar tayyorgarliklar boʻyicha belgilangan normativlarni bajarish tadbirlari kun tartibidan oʻrin olgan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati