“Vatanparvar” muxbiri huquqiy ijodiy tanlov gʻolibi

0
531

“Vatanparvar” birlashgan tahririyati jamoasi mamlakatimiz madaniy va ijtimoiy hayotida oʻz oʻrniga ega, qalami oʻtkir, didi yuksak ijodkorlarni oʻzida jamlagan. Buni ijodiy jamoa vakillarining respublika miyyosida oʻtkazilayotgan turli tanlov va bellashuvlarda munosib ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonayotganida ham koʻrish mumkin.

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov eʼlon qilingan edi. Mazkur tanlovning media mahsulot (foto, audio va video materiallar) nominatsiyasida  Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boʻlim katta ofitseri, jurnalist katta leytenant Bobur Elmurodov faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Alohida qayd etish joizki, hamkasbimiz matbuot yoʻnalishida faoliyat yuritishiga qaramay, jurnalistikaning barcha jabhalarida ham oʻz mahoratini koʻrsatib kelmoqda. Zero, hamkasbimizning media mahsulot nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishi uning nafaqat soʻz, balki tasvir va ohangni ham teran anglashini koʻrsatadi.

Albatta, bu kabi muvaffaqiyatlar Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, xususan, “Vatanparvar” birlashgan tahririyati ijodiy jamoasining yutugʻidir.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiylar departamenti