Markaz tinglovchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

0
515

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi tayyorlash Markazida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Badiiy kecha sifatida o‘tkazilgan tadbirda Markaz faollari, rahbariyat, o‘qituvchi hamda tinglovchilar ishtirok etdi.

Kechada tilimizning tarixi, bugungi kundagi mavqei, uning nufuzini yanada oshirish yuzasidan yurtimizda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar xususida fikr yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida Markaz tinglovchilari tomonidan o‘zbek tili taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz, shoiru yozuvchilarimizning asarlaridan parchalar keltirildi, she’rlaridan o‘qib eshittirildi. 

Sana munosabati bilan o‘tkazilgan badiiy kecha barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti