Bir guruh harbiylar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari o‘zbek tili o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladi

0
651

Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining anʼanaviy shaklda malaka oshirgan bir guruh harbiylari va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga o‘zbek tili o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani munosabati bilan sertifikatlar topshirildi. Taqdirlash marosimi o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sananing 32 yilligi arafasida o‘tdi.

Ushbu kurs o‘zbek tilini amaliy jihatdan o‘rganish, nutq, lingvistik va matn tuzish ko‘nikmalarini oshirish kabi maqsadlarni o‘zida qamrab olgan. O‘quv dasturi quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqilgan:
– lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tili alifbosini o‘rgatish;
– А1 darajaga mos leksik nutqni yo‘lga qo‘yish;
– nutqni ravon ifodalash, uning uslubiy shakllariga e’tiborli bo‘lish;
– matn yaratish texnikasi hamda unga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
– tinglovchilarda fikrni yozma va og‘zaki ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish;
– tarjimai holi haqida qisqacha maʼlumot bera olish;
– ko‘chada, transportda, jamoat joylarida muloqotga kirisha olish.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti