Ochiq muloqot tarzda oʻtgan suhbat

0
1180

Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni Angren hamda Chirchiq garnizonidagi harbiy xizmatchilari bilan “Inson qadrini ulugʻlash” shiori ostida ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbirda qoʻshinlar qoʻmondoni bugungi kunda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylar xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirar ekan, vatan himoyachisi bo‘lish katta sharaf ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savolllar va xizmat davomida duch kelinayotgan muamollari hamda oʻz takliflari bilan murojaat qildi. Qoʻmondon tomonidan barcha savollarga javoblar berildi, muamolar joyida hal etilib, berilgan takliflar esa atroflicha o‘rganib chiqilishi ma’lum qilindi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilarga axloqiy-ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, mard va jasur bo‘lishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida tavsiya va maslahatlar berildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati