“Ona tili – milliy qadriyatlarimiz gultoji”

0
562

Mudofaa vazirligining Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarining birida “Ona tili – milliy qadriyatlarimiz gultoji” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbirini qoʻmondonlikka boʻysunuvchi barcha harbiy qismlar videoselektr orqali onlayn tarzda kuzatib borishdi.
Tadbir avvalida qoʻshinlar qoʻmondoni polkovnik Jurʼat Yakubov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va barchani bayram bilan samimiy qutladi.
Shu kuni soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganligi, xalqaro anjumanlarda oʻzbekcha soʻzlarning yangrashi, chet eldagi taʼlim dargohlarida oʻzbek tilining oʻrganish markazlari borligi tilimizning nufuzi oshib borayotganligidan dalolat ekanligini aytib oʻtishdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan aytilgan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar hamda qoʻmondonlik matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan viderolik barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida bayram tantanalari koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti