“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!”

0
1125

Zangota tumanidagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda maxsus avariya tiklash boshqarmasi, shuningdek, Zangiota tumani xalq taʼlimi boʻlimi, tumandagi “Vatanparvar” tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Dastavval, harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari, qoʻl jangi mashqlari yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi. Maxsus avariya tiklash boshqarmasining “Impuls” harbiy orkestri tomonidan vatanparvarlik ruhidagi quy-qoʻshiqlari yangradi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilishi bejiz emas. Boisi, bu orqali yoshlarning millati, tili va kasbidan qatʼi nazar, ularda Vatanga sadoqat tuygʻusi shakllanadi. Oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar kamol topishadi. Bu jarayonda harbiy bilim yurtlarining ahamiyati yuqori. Yoshlarni sohaga qiziqtirish, tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish, taʼlim jarayonlarining olib borilishi bilan tanishtirish maqsadida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti rektori Hakimjon Muhitddinov davra suhbati oʻtkazildi. Maktab bitiruvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdi.

Tadbir soʻnggida bir guruh oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Roʻziqul OCHILOV, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti