Termiz shahrida ijodkorlar va harbiy xizmatchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
867

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Dastlab poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar Termiz garnizoni maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasining Vatannni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari bilan tantanali kutib olindi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Hojimatov, falsafa fanlari fanlari doktori, professor J.Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilfuza Rahimova, hushovoz xonandalar Dilafruz Hayitmetova, Toʻlqin Fayziyev hamda keng jamoatchilik vakillari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Bayram avvalida so‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarning qoʻlga kiritayotgan yutuqlari bilan oʻrtoqlashdi, davlatimiz tomonidan ularning oila aʼzolari hamda farzandlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni