Davlat tiliga ehtirom va sadoqat – ona Vatanga ehtirom va sadoqat!

0
513

Mamlakatimizda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati joylarda otkizilayotgan davra suhbati, tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida otkazildi.
Ushbu tadbirda Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti oqituvchisi S.Qurbonov “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusidagi maruzasi bilan ishtirok etdi.
– Bugungi kunda ozbek xalqining, uning milliy madaniyati va oziga xosligini ifoda etuvchi vosita bolmish ozbek tilining har tomonlama rivojlanishini taminlash, mazkur tilning Davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarishga barchamiz mas’ul bo‘lishimiz kerak, – deydi S.Qurbonov.

Ma’lumot ornida aytish kerakki, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda o‘zbek tili keng qollanilayotganligi, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib borayotgani haqiqat.

Xulosa qiladigan boʻlsak, har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, Davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozim. Bunday vatanparvar harakatni barchamiz oʻzimizdan, oʻz oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz bilanoq oʻzbek tilini rivojlantirishga bevosita ulkan hissa qoʻshgan boʻlamiz.

Kichik serjant Xayrullo OLMASOV