Yongʻin profilaktika tadbirlari oʻtkazildi

0
430

Mudofaa vazirligi yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan Markaziy harbiy ogrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda tekshiruvlar va yongʻin profilaktika tadbirlari olib borildi.

Ushbu profilaktika tadbirlari davomida shtatli va shtatdan tashqari yongʻin oʻchirish komandalarining jangovar shayligi, yongʻin oʻchirish avtomobil texnikalari, yongʻinni oʻchirishda foydalaniladigan qurol-aslahalar hamda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining holati tekshirildi.

Tekshiruvlar davomida yongʻin oʻchirish komandalarining yongʻinni bartaraf etish borasidagi harakatlari qoʻriqlanayotgan obyektlarda shartli “Yongʻin trevoga” signallari eʻlon qilish orqali amalga oshirilib, ularning sergakligi yanada oshirildi, shuningdek harbiy qism va muassasalarda mavjud boʻlgan yongʻin oʻchirish avtomobillari, texnik qurol-aslahalari, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari shay holatga keltirildi. 

Shuningdek, Samarqand garnizoni yongʻin nazorati inspeksiyasi boshligʻi mayor P.Boyqoʻziev tomonidan Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismlarning birida yongʻin oʻchirish komandasining tungi vaqtda jangovar shayligi ham tekshirildi. Shu bilan birgalikda harbiy xizmatchilarga yongʻin oʻchrish vositalaridan foydalanish tartibi, eʻtiborsizlik oqibatida turli koʻngilsiz  holatlarni kelib chiqishi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.   

Mudofaa vazirligi yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan harbiy qism va muassasalarda yongʻinga qarshi profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Podpolkovnik Z.KENJAEV, Mudofaa vazirligi yongʻin xavfsizligi  xizmati boshligʻi