Kattaqo‘rg‘onlik yoshlarning harbiy qismdagi bir kuni

0
1000

Markaziy harbiy okrugning Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qismda “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” tarmoq-jadvali asosida yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.

Ushbu tadbirga Kattaqo‘rg‘on shahridagi 10 va 12-sonli oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari hamda “Amir Temur”, “Qo‘sh Chinor” mahallasining yoshlari taklif etildi. Ular harbiy qismda yaqindagina foydalanishga topshirilgan yangi va zamonaviy koʼrinishi bilan birga oʼzida turli yoʼnalishlarni jamlagan yangi oʼquv markazida mehmon bo‘ldi.

Noodatiy tarzda tashkil etilgan ushbu o‘quv markazi oʼzida 20 dan ortiq xonalarni jamlagan bo‘lib, unda yoshlar uchun harbiy qism tarixi muzeyi, tarix, matematika, kompyuter, yoʼl harakati qoidalari, ingliz va rus tillariga ixtisoslashtirilgan oʼquv sinflari hamda kutubxona va turli to‘garaklar tashkil etilgan.

Harbiy qismda mehmon bo‘lgan yoshlar oʼquv markazida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati