“Eng ilgʻor artilleriya hisobi” gʻoliblari taqdirlandi

0
1142

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida Mudofaa vazirligi miqyosida “Men gʻolib!” shiori ostida keng qamrovda oʻtkazilgan “Eng ilgʻor artilleriya hisobi” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi artilleriya qismlari oʻrtasida ilk bor keng qamrovda tashkil etilgan tanlovda 300 dan ortiq serjant va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Tanlovning yakuniy bosqichi Markaziy harbiy okrugning “Kattaqoʻrgʻon” poligonida boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda ishtirok etgan mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodir Tursunov gʻoliblarni qutlar ekan, bugungi kunda zamonaviy harbiy nizolar sharoitida artilleriyani qoʻllash usullari tobora oʻzgarib borayotganiga urgʻu berdi.

Tantanali marosimda Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni, artilleriya qismlarida koʻp yillar xizmat qilgan Qurolli Kuchlar faxriylari ham soʻzga chiqib, gʻoliblarni samimiy qutladilar.

Gʻoliblarga diplom, kubok, mudofaa vazirining “Jangovar xizmat faoliyati uchun” va “Namunali xizmati uchun” III darajali koʻkrak nishonlari hamda mudofaa vazirining esdalik nishoni topshirildi.

Ular quyidagilar:

1. “Eng ilgʻor minomyot hisobi” – Sharqiy harbiy okrug jamoasi;

2. “Eng ilgʻor D-30 hisobi” – Markazga boʻysunuvchi artilleriya harbiy qism jamoasi;

3. “Eng ilgʻor D-20 hisobi” – Markazga boʻysunuvchi artilleriya harbiy qism jamoasi;

4. “Eng ilgʻor BM-21 ZORT hisobi” – Markazga boʻysunuvchi artilleriya harbiy qism jamoasi;

5. “Eng ilgʻor artilleriya razvedkachisi” – III darajali serjant Doston Baratov;

6. “Eng ilgʻor uchuvchisiz uchish apparati seksiyasi” – kichik serjant Oybek Komilov;

7. “Eng ilgʻor artilleriya korrektirovkachisi” – leytenant Abram Toʻlayev;

8. “Eng ilgʻor artilleriya hisobchisi” – oddiy askar Ramazon Shaymardonov;

9. “Eng ilgʻor operator-topobogʻlovchisi” – kichik serjant Burgitalixon Turdiyev;

10. “Eng ilgʻor haydovchi” – kichik serjant Jasurbek Qurbonaliyev.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti