O‘quvchilar uchun yangi futbol o‘yingohi foydalanishga topshirildi

0
590

Joylarda yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularning sportdagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, jumladan, besh tashabbus ijrosini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Xususan, Andijon viloyati Xonobod shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibi, harbiy-ma’muriy sektor mas’ullari hamda hokimlik mutasaddilari hamkorligida navbatdagi zamonaviy futbol o‘yingohi qurib bitkazildi. 

Viloyatning olis hududi hisoblangan Paxtabod tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv mavsumi uchun barpo etilgan, barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega ushbu futbol o‘yingohining ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi.  Tantanali tadbir davomida faxriy qorovul va harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish qilindi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida o‘z burchini o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari hamda ustozlariga harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari, o‘quvchilarga esa badiiy kitoblar to‘plami topshirildi.

 Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti