“Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim”

0
485

Qurolli Kuchlar akademiyasida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Oliy harbiy taʼlim va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda kursantlar ishtirok etgan tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻzbek tilining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyoti uchun hissa qoʻshgan ajdodlarimiz, xususan, Alisher Navoiy merosi, alloma ijodida yetakchi oʻrin tutgan insoniylik, ezgu gʻoya va intilish, asarlarida soʻz qoʻllash mahorati, mohiyati haqida, oʻzbek tilida yaratilgan folklor asarlar, ularning badiiy qimmati xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mavzu boʻyicha kursantlarning ham mulohazalari tinglandi.
Shu kuni akademiyada Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli kitobi taqdimoti ham oʻtkazildi.

Mayor Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti