Harbiy xizmatchilar orasida yoʻl harakati qoidalari buzilishining oldini olish yoʻlida

0
613

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan barcha toifadagi harbiy xizmatchilar bilan yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, harbiy va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarishda qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirda maʼsul ofitserlar, Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlari, Termiz harbiy prokuraturasi vakillari hamda garnizon boshliqlari ishtirok etdi.

Kun tartibiga asosan harbiy xizmatchilarga vazifalar va mudofaa vaziri buyruq-talablari yetkazilib, haydovchilarning malakalarini tekshirish maqsadida tegishli tartibda sinovlar qabul qilindi. YHXX inspektorlari tomonidan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilariga shaxsiy avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yoʻl harakati qoidalariga doimo rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar ishtirokchilarga yoʻllarda hamisha ogoh boʻlish borasida tavsiyalar va koʻrsatmalar berdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni