“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!”

0
711

Keyingi yillarda taʼlim-tarbiyadagi islohotlar oʻqitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxshilash, bolalarga puxta bilim berish, ularni milliy anʼana hamda qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Termiz shahrida joylashgan 26-umumtaʼlim maktabida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida oʻquvchi yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, polkovnik Poʻlatjon Sotvoldiyev, harbiy pensionerlar, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Oʻquvchi yoshlar bilan JOQ boshligʻi “Jasorat darsi”ni istiqlol yillari erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan zabt etilayotgan marralar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida, shuningdek, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bilim yurtlari, harbiy xizmatchilar tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar va ularning farzandlariga berilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berdi.

Tadbir davomida Termiz garnizoni harbiy xizmatchilari qoʻl jangi hamda faxriy qorovul jamoasi oʻz chiqishlarini namoyish etdi. 

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni