Navoiy garnizonidagi SCHR batalyoni uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi

0
1445

Mustaqilligimizning 31 yillik shukuhi kezib yurgan fayzli kunlarda nafaqat Navoiydagi harbiy xizmatchilar, balki viloyatning yoshlari uchun ham qoʻshaloq bayram boʻlmoqda. Xususan, Navoiy garnizonidagi SCHR batalyoni uchun yangi va zamonaviy koʻrinishga ega binolar tantanali ravishda topshirildi.

Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati batalyoni binolarining ochilish marosimi Mudofaa vazirligi rahbariyati, Navoiy viloyati hokimi, harbiy maʻmuriy sektor vakillari, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi ofitserlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanali marosimda soʻz olganlar harbiy qism shaxsiy tarkibi va barcha ishtirokchilarni Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklashdi. Shuningdek, topshirilayotgan yangi binolar navoiylik yoshlarni mard, jasur, oliyjanob va eng muhimi yurtparvar etib vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga munosib hissa qoʻshadigan yoshlarni tarbiyalashiga zamin yaratishini ta’kidlashdi.

Shundan soʻng harbiy qismni qurilish va taʼmirlash ishlarida jonbozlik koʼrsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar, quruvchi va pudratchilarga minnatdorchilik sifatida esdalik sovgʼalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati