Beshariqda ham mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

0
1461

Fargʻona viloyati Beshariq tumanida mudofaa ishlari boʻlimi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi.

Ushbu binoning tantanali ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari, Beshariq tumani hokimi, nuroniylar, yoshlar, hamkorlikdagi tuzilmalarning muddatli harbiy xizmatchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida mudofaa ishlari boʻlimining yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalashda oʻrni beqiyosligi taʻkidlab oʻtildi. Mazkur zamonaviy binoni qurib, foydalanishga topshirgan qurilish korxonasi rahbariga minnatdorchilik eʻlon qilinib, milliy urf-odatlarimizga binoan toʻn kiydirildi.

Shundan soʻng, ramziy lentalar kesildi va binoning kaliti tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻiga topshirildi. Tadbirga yig‘ilganlar bu yerda yaratilgan sharoitlar tanishib chiqdilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati