Oʻzbekiston Respublikasi harbiy delegatsiyasi Turkiyaning Zafar bayrami tantanalarida ishtirok etdi

0
1436

30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi delegatsiyasi Turkiya mudofaa vazirining taklifiga binoan mamlakat mustaqilligi uchun urushda erishilgan gʻalaba — Zafar bayramining 100-yillik yubileyida ishtirok etish uchun Anqaraga bordi.

 

Maʼlumki, Turkiyada uzoq yillardan beri 30-avgust Zafar bayrami sifatida nishonlanadi. Taʼkidlash joizki, mazkur bayramda Turkiyaning barcha harbiy bilim yurtlarida bitiruv marosimlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bu safar ham xuddi shunday boʻldi. Delegatsiyamiz Anqaradagi Turkiya piyoda harbiy maktabida va Istanbuldagi Milliy mudofaa universiteti va Dengiz kollejidagi bitiruv marosimlarida ishtirok etadi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti