Harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar bayram tuhfasi boʻldi

0
2290

Yurtimizda Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan okrug qoʻshinlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Bayram arafasida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining Fargʻona va Andijon garnizonlaridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar uchun xizmat xonadonlari qurib bitkazilib, oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Jumladan, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida harbiy xizmatchilar 2 ta ikki qavatli, 32 ta xonadondan iborat yangi xizmat uylarining, shuningdek, Fargʻona viloyati Quva tumanida 24 ta xonadondan iborat 1 ta ikki qavatli xizmat uylarining kalitlarini qabul qilib oldilar.

Ularni topshirish marosimida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Jalaquduq hamda Quva tumanlarining jamoatchilik vakillari, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilarning ota onalari va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqan mehmonlar Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami munosobati bilan yangi xizmat uylariga ega boʻlgan yurt posbonlarini muborakbod etib, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirib o‘tdilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati