Jasorat va matonat koʻrsatgan harbiylar oilalariga bayram sovgʻalari ulashildi

0
949

Oʻzbekiston Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shior ostida Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni Vatan tinchligi yoʻlida mardonavor kurashib, jasorat koʻrsatgan bir guruh marhum harbiy xizmatchilarni xotirlab, ularning farzandlarini bayram bilan samimiy tabrikladi va esdalik sovgʻalarni topshirdi.

Bayramona sovgʻalarni olgan farzandlar oʻz otasi bilan faxrlanib, kelajakda munosib yetuk farzand boʻlishlarini taʼkidladi.

Shonli sana munosabati bilan Toshkent harbiy okrugi boʻylab 33 nafar marhum harbiy xizmatchining oila aʼzolari, shuningdek, harbiylarning nogironligi bor farzandlariga sovgʻa-salomlar yetkazildi. An’anaga aylangan bu kabi xayrli ishlar barcha hududlarda amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbir yakunida mehmonlar uchun Toshkent harbiy okrugi Maʼnaviyat va ma’rifat markazi tomonidan bayramona konsert dasturi namoyish etildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati