“ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari yakunlandi

0
1329

Moskva viloyatidagi “Patriot” kongress-ko‘rgazma markazida “ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilgi xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari 7 ta oltinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Rossiyaga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Belarus jamoalari yakun yasadi.

An’anaga muvofiq Xalqaro armiya o‘yinlari Rossiya Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy orkestri, Xalq artisti Igor Butman boshchiligidagi Moskva jaz orkestri, shuningdek, “Armiya madaniyati” musobaqasi ishtirokchi davlatlarining milliy madaniy jamoasi chiqishlari bilan yakunlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti