Sertifikatlar oʻz egalariga topshirildi

0
1259

Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida Mudofaa vazirligining harbiy kasbiy saralash organi xodimlari uchun “Psixologiya” yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan 144 soatlik qayta tayyorlov kursi oʻz yakuniga yetgani munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bir oy davomida harbiy xizmatchilar malakali professor-oʻqituvchilardan harbiy va ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostika, etnopsixologiya, sotsiologik tahlil boʻyicha olgan nazariy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamladi. Kurs davomida harbiy xizmatchilar axloqiy va ruhiy holatni mustahkamlashdagi psixologik metodikalarni oʻzlashtirdi. Yurt posbonlari egallagan bilim va tajribalarini kelajak faoliyatida qoʻshinlarning oʻquv jangovar holatini yanada yaxshilashga safarbar etishadi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti