Mudofaa vazirligi Sport markazida parasportchilar bilan uchrashuv tashkil etildi

0
1666

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Matonat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Mudofaa vazirligi Sport markazining oʻq otish Sport bazasida “Matonat maktabi” paralimpiya sportchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda paraatletlar harbiy sportchilarning erishgan yutuqlari va Mudofaa vazirligi Sport markazi tomonidan sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, markaz mutaxassislari parasportchilarga oʻq otish sport turi hamda unda foydalaniladigan qurollar boʻyicha batafsil maʼlumot berdilar.

Tadbir yakunida bir guruh faol para atletlar Mudofaa vazirligi Sport markazi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Parasportchilar qiziqarli tashkil etilgan tadbir uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham mana shu kabi uchrashuvlarni davom ettirib borish muhim ahamiyatga molik ekanligini taʼkidlab oʻtishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti