Mudofaa vaziri oʻrinbosari tankchilar jamoamiz bilan uchrashdi

0
1608

Xabaringiz bor, “ArMI—2022” doirasida oʻtkazilayotgan “Tank biatloni” musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Albatta, bu oʻzbek tankchilarining yuqori harbiy salohiyati va kasbiy mahoratidan dalolatdir.

Bugun Oʻzbekiston mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Qodir Tursunov musobaqa oʻtkazilayotgan hudud – Rossiya Federatsiyasiga yetib kelib, tankchilar jamoamiz bilan uchrashdi. Ularni final bosqichiga chiqqani bilan tabriklab, ertangi bahslarda ham zafar quchishini tiladi. Shuningdek, har uchala ekipaj aʼzolari bilan shaxsan suhbatlashib, oʻzining tegishli koʻrsatmalarini berib oʻtdi. Butun Oʻzbekiston ahli yigitlarimizdan gʻalaba kutayotganini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, “Tank biatloni”ning final bahsi ertaga, 27-avgust kuni Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida boʻlib oʻtadi. Unda vakillarimiz sariq rangli tanklarda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Xitoy Xalq Respublikasi jamoalariga qarshi kurash olib boradi.   

Leytenant Islomjon QOʻCHQOROV,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyati