Harbiy xizmatchilarning malakasi oshirildi

0
907

Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida harbiy xizmatchilar uchun tashkil etilgan 144 soatlik oʻquv kurslari nihoyasiga yetdi.

Unda yurt posbonlari malakali professor-oʻqituvchilardan harbiy va ijtimoiy psixologiya, psixodiagnostika, etnopsixologiya, sotsiologik tahlil boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirdi. Bir oy davom etgan oʻquv kursi davomida harbiy xizmatchilar axloqiy va ruhiy holatni mustahkamlashdagi psixologik metodikalarni oʻzlashtirdi. Hamda kurs davomida egallagan bilim va tajribalarini qoʻshinlarning oʻquv jangovar holatini yanada yaxshilashga safarbar etishadi.

– Bugungi oʻquv kursini turli harbiy qismlardan tanlangan 17 nafar harbiy xizmatchi tamomladi. Psixololgiya boʻyicha bir oylik oʻquv kursini tugatgan tinglovchilarga markaz tomonidan sertifikat topshirildi, – deydi mayor Husan Joʻraqulov. – Malakasini oshirib joylarga qaytarilayotgan harbiylar boʻysinuvidagilarning ruhiy holatiga ham jiddiy eʼtibor qaratadi. Chunki Vatan posbonlari jangovar holati bilan birgalikda ruhiy holati ham aʼlo darajada boʻlishi kerak.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti