“Sodiq do‘st”da harbiylarimiz yana rekord natijalarni qayd etdi

0
1173

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “ArMI—2022” Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.

Bugungi shartda ishtirokchilar xizmat itlari bilan 300 metrlik toʻsiqli yoʻlaklardan oʻtish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining qizlar jamoasidan kichik serjant Marjona Oqqoʻziyeva “Brenda” laqabli iti hamrohligida barcha toʻsiqlarni chapdastlik yengib, 1.17 soniya rekord natija bilan yuqori ballni taqdim etdi.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Qurbonbek Yarashev esa “Drago” laqabli xizmat iti bilan barcha raqiblarini orta qoldirib, 1 daqiqayu 8 soniya natija orqali rekordni qayd etdi.

Musobaqaning mazkur sharti yakuniy natijalarga koʻra, qizlar jamoasi o‘rtasidagi bellashuvlarda 1- va 2-o‘rinlarini Oʻzbekiston jamosi band etgan boʻlsa, 3-oʻrini Rossiya Federatsiyasi vakillari egalladi.

Erkaklar jamoasi bo‘yicha ham natijalar yuqoridagidek. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti