“ArMI—2022”: “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi”da rekord natija qayd etildi

0
1376

“ArMI—2022” xalqaro armiya oʻyinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk shahrida oʻtkazilayotgan “Qoʻshinlar razvedkasi aʼlochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.

“Qoʻshin razvedkasi aʼlochisi” musobaqasi turli vazifalarni oʻz ichiga olgan jami 2 ta bosqich (16 ta shart) boʻyicha oʻtkazilmoqda. Ular orasida piyodalar jangovar mashinasini temir yoʻl platformasiga yuklash, dushman obyektiga yashirincha usullarda borish, jang maydonidan yaradorni olib chiqish, nayza pichoq va belkurakni aniqlikka uloqtirish kabi qator shartlar mavjud.

Oʻzbekiston jamoasi “Qoʻshin razvedkasi aʼlochisi” musobaqasining 1-bosqichining soʻngi 5 ta sharti yakuni boʻyicha bitta rekord natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi — guruh tarkibida nayza pichoq va belkurakni aniqlikka uloqtirish – 83 ball (oʻtgan yilgi rekord natijasi 74 ball boʻlgan).

Mazkur bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Birinchi o‘rin mezbon davlat hisobiga yozilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti