Kakaydi qoʻrgʻonida harbiy uchuvchilar eʼtirof etildi

0
1129

Yurtimizda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev, Jarqoʻrgʻon tuman hokimi Bahodir Oʻraqov, faxriylar va yoshlar, shuningdek, boshqa masʼul ofitserlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Dastlab harbiy qism saf maydoniga davlatimiz hamda Mudofaa vazirligi bayroqlari harbiy orkestr kuy-sadolari ostida tantanali olib kirildi. Tadbirda soʻz olganlar sohaning bugungi kundagi rivoji, ushbu yoʻnalishda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida toʻxtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng mudofaa vazirining buyrugʻi bilan taqdirlangan biri gurux harbiy xizmatchilarga “Namunali xizmati uchun” koʻkrak nishonlari, esdalik nishonlar, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalarni topshirildi.

Tadbir davomida Xayrobod garnizonidagi harbiy qismning faxriy qorovul shaxsiy tarkibi chiqishlari, Termiz garnizoni harbiy orkestr jaomasi hamda tuman madaniyat xodimlari kuy-qoʻshiqlari mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni