O‘zbekistonlik harbiylar “Muhandis formulasi” musobaqasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

0
1199

Rossiyaning Volgograd viloyatida “ArMI—2022” Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan “Muhandis formulasi” musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Taʼkidlash kerakki, musobaqaning “Kotlovan qazish” shartida Oʻzbekiston jamoasi “Kotlovan qazish uchun eng yaxshi mashina ekipaji” nominatsiyasida tengsiz deb topildi.

Mazkur musobaqada birinchilik uchun, shuningdek, Rossiya, Belarus va Laos jamoalari ham kurash olib bordi. Armaniston esa alohida nominatsiyada qatnashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti