“ArMI—2022”: yana bir musobaqa yakunlandi. Oʻzbekistonlik harbiylar shohsupada

0
1886

“ArMI—2022” xalqaro armiya oʻyinlari doirasida Rossiya Federatsiya hamda Moʻgʻulistonda oʻtkazilgan “Harbiy ralli” mubosaqasi yakuniga yetdi.

Jangovar vaziyatlarda toʻgʻri va aniq harakatlanish koʻnikmasini oshiradigan, harbiy xizmatchilarning haydovchilik mahoratini sinovdan oʻtkazadigan “Harbiy ralli” musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi bu yil beshinchi bor qatnashdi.

Jamoamiz 12-avgust kuni Mugʻulistonning Ulaangom viloyatida musobaqada qatnashadigan harbiy texnikalarda yetib borgan va mashgʻulot jarayonlarida puxta tayyorgarlik koʻrgan edi. Bugungi kungacha jami toʻrtta — “Yakka tartibdagi poyga”, “Taʼqib qilish bilan poyga”, “Otish” hamda “Jamoaviy poyga” shartlarini oʻz ichiga olgan musobaqada oʻzbekistonlik harbiylar muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa birinchiligi mezbon davlat — Rossiyaga nasib etgan boʻlsa, Belarus va Mogʻuliston shohsupaning uchinchi pogʻonasini boʻlishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti