“ArMI—2022”: “Otliq marafon”chilarimiz faxrli 2-oʻrinni egalladi

0
1557

Xalqaro armiya oʻyinlarining barcha yoʻnalishlarida birin-ketin gʻolib va sovrindor jamoalar aniq boʻlmoqda. Quvonarlisi shundaki, muzaffar jamoalar qatorida ona Vatanimiz nomi ham takror va takror qayd etilayotir.

Rossiya Federatsiyasi Tuva Respublikasida hamda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan “Otliq marafon” musobaqasi ham oʻz nihoyasiga yetdi. Unda jamoalar “Uzoq masofaga otliq marafon uyushtirish” va “Aralash estafeta” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Oʻzbek xalqi azaldan ot bilan doʻst tutingan. U bilan tillasha olgan. Oʻzbek chavandozlari dovrugʻi ham butun dunyoga ketgan. Ana shunday azamat oʻgʻlonlarimiz bugun “Otliq marafon” musobaqasida munosib ishtirok etib, yakunda Rossiya bilan birga faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Birinchi oʻrin mezbon davlat — Moʻgʻuliston jamoasiga nasib etgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni zimbabvelik harbiy xizmatchilar band etishdi.

“Otliq marafon” jamoasini ushbu gʻalaba bilan tabriklab, qolgan yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etayotgan vakillarimizga ham omad tilaymiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti